Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Erling Xoland "Real" bilan kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi

Erling Xoland "Real" bilan kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi

Автор: admin

Dortmundliklar uni qo‘yib yubormoqchi emas.
Norvegiyalik hujumchi Erling Xolann yozgi ta’tilni Gretsiyada maroqli o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, u o‘z kelajagi haqida ham unutgani yo‘q.
Sport Mediaset xabariga ko‘ra, Xoland va uning agenti Mino Rayola “Real” bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Ammo, bu masalaga chek qo‘yishga hali erta, chunki "Borussiya" futbolchini yozda qo‘yib yubormoqchi emas.
Aytish kerakki, istalgan klub yana bir yildan so‘ng Xolandni 75 million evroga sotib olish mumkin, bu futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan. Ammo shunga qaramasdan Dortmund klubi hozirda katta mablag‘ taklif qilinayotganiga qaramay, Erlingni sotmoqchi emas. Shunday ekan "Real"ni oldinda qiyin muzokaralar kutmoqda.
Erling o‘tgan mavsum "Borussiya"da jami 40 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 40 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *