Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Man Yunayted" Ronalduga qancha maosh taklif qildi?

"Man Yunayted" Ronalduga qancha maosh taklif qildi?

Автор: admin

"Manchester Yunayted" portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga yiliga 17 million funt maosh bilan taklif qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Qayd etilishicha, ushbu yozda portugaliyalik «Yuventus»dan ketishi va o‘zining sobiq jamoasi "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Bitimga "mankunianliklar" a’zosi Pol Pogba kirishi mumkin.
Hujumchining o‘zi uchun "PSJ"ga o‘tish varianti maqbuldir, ammo parijliklar rahbariyati hozircha Ronaldu vakillari bilan bog‘lanmagan. Parij klubining qiziqishi Kilian Mbappening kelajagiga bog‘liq.
Ayni paytda Ronaldu "Yuventus"da yiliga 27 million funt ishlab topmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi A seriyada 33 uchrashuv o‘tkazdi, 29 gol urdi (turnirning eng yaxshi to‘purari) va 3 golga uzatma berdi.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *