Goal24.uz » O'zbekiston » Rasman : Abramov O‘zbekiston milliy jamoasidan iste’foga chiqariladi

Rasman : Abramov O‘zbekiston milliy jamoasidan iste’foga chiqariladi

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqariladi. Bu haqda Goal24.uz manbasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiyada o‘tgan saralash bosqichidan so‘ng Toshkentga qaytib kelgan. Tez orada Abramovning iste’foga chiqqani e’lon qilinadi. Hozircha uning o‘rnini kim egallashi aniq emas.
O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk marta JCH saralashini ikkinchi bosqichdayoq yakunlagach, endilikda Osiyo chempionati-2023 uchun alohida saralashda qatnashishi kerak bo‘ladi. JCH-2022 hal qiluvchi saralashiga chiqqan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 2023 yil Xitoy maydonlarida o‘tadigan qit’a kubogiga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston esa reytingi past jamoalar bilan birgan qolgan yo‘llanmalar uchun kurashadi.
24 iyun kuni Osiyo chempionati saralash guruhlariga qur’a tashlanadi. O‘yinlar esa keyingi yil fevralda boshlanadi. Bu bahslarga O‘zbekiston milliy jamoasini boshqa murabbiy tayyorlashi kutilmoqda.
161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *