Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Siti” Aguero o‘rniga uchu hujumchi nomzodini ko'rib chiqmoqda.

“Manchester Siti” Aguero o‘rniga uchu hujumchi nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Автор: admin

U pulni ayamaydi
“Manchester Siti”ni Angliya chempioni qilgan Xosep Gvardiola jamoani Evropa Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqadigan darajaga keltirish uchun bir necha katta transferlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Agar klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlasa, u o‘z jamoasiga birinchi bo‘lib Harri Keynni taklif etadi. “Tottenxem” hujumchisi “shaharliklar”ga 100 million funt atrofida tushishi mumkin.
 Gvardiola bu transferni amalga oshira olmasa, Keynning o‘rniga “Inter”ni chempion qilgan futbolchilar – Lautaro Martines,  Romelu Lukaku yoki “Borussiya” yulduzi Erling Xolandni olib kelmoqchi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yulduzlar orasida Lautaroni olish osonroq bo‘ladi. Chunki “Inter” argentinalik hujumchini 70-80 million funt atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Shuningdek, Gvardiola “Aston Villa” etakchisi Jek Grilish, “Atletiko” hujumchisi Joau Feliks, “Real Sosedad” yarim himoyachisi Mikel Oyarsabalga ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *