Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Milan" Tomorini "Chelsi" dan sotib oldi

"Milan" Tomorini "Chelsi" dan sotib oldi

Автор: admin

"Milan" da ijarada o'ynagan "Chelsi" himoyachisi Fikayo Tomori "Rossoneri" ning to'laqonli futbolchisiga aylandi.

Xabar qilinishicha, Milan klubi ijaraga olingan futbolchini 28,5 million evroga sotib olish variantini faollashtirgan. Futbolchi bilan shartnoma 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Tomori "Milan" ga yanvar oyida kelib qo'shildi va mavsumning ikkinchi yarmida 22 ta uchrashuvda qatnashdi va unda 1 ta gol urdi.

23 yoshli Tomori "Chelsi" tarbiyalanuvchisi. London klubining asosiy jamoasi uchun u 27ta o'yin o'tkazib, unda 2ta gol urgan.

Tomori avval "Brayton", "Xall Siti" va "Derbi Kaunti" jamoalarida ijarada o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, "Milan" Braim Dias ijarasini uzaytirishga yaqin turibdi.
36   
Добавить комментарий
Ваше имя: *