Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020.Ukraina Evrodagi mag'lubiyatlar seriyasini to'xtatdi

Yevro-2020.Ukraina Evrodagi mag'lubiyatlar seriyasini to'xtatdi

Автор: admin

Terma jamoa nihoyat g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

Yevro-2020 «S» guruhi 2-turi doirasida Ukraina milliy jamoasi Shimoliy Makedoniyaga qarsh saf tortib, turnirdagi dastlabki g‘alabasiga erishdi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Yarmolenko hisobni ochib, turnirdagi 2-golini kiritgan bo‘lsa, besh daqiqa o‘tib Yaremchuk farqni ikkitaga oshirdi – 2:0.
57-daqiqada Alioski penaltini xato ijro etdi, ammo qaytgan to‘pga zarba berib farqni qisqartirdi, o‘yin so‘nggida Ukraina 11 metrlik jarima zarbasidan gol ura olmadi, Malinovskiyning zarbasini raqib posboni qaytarib qoldi – 2:1.
Shu tariqa, Ukraina «S» guruhidagi ochkolari sonini 3taga yetkazgan bo‘lsa, Shimoliy Makedoniya ketma-ket 2-mag‘lubiyatidan keyin guruhdan chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi.  
Yevro-2020. 2-tur. «S» guruhi
Ukraina – Shimoliy Makedoniya 2:1

Gollar: 1:0 – 29 Yarmolenko, 2:0 – 34 Yaremchuk, 2:1 – 57 Alioski.
Ukraina – Bushan, Zabarnыy, Mikolenko, Karavayev, Matviyenko, Shaparenko (Sidorchuk, 78), Zinchenko, Stepanenko, Malinovskiy, Yarmolenko (Sigankov, 70), Yaremchuk (Besedin, 70).
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Velkoski (Trichkovski, 85), Musliu, Ristovski, Alioski, Ademi (Ristevski, 85), Nikolov (Traykovski, 46), Bardi (Avramovski, 77), Spirovski (Churlinov, 46), Elmaz, Pandev.
Amalga oshirilmagan penalti: Malinovskiy, 85.
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *