Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Real Madrid"dan ketayotgan Ramos qaysi jamoaga o‘tadi?

"Real Madrid"dan ketayotgan Ramos qaysi jamoaga o‘tadi?

Автор: admin

Uning Angliyaga yo‘l olish ehtimoli yuqori.
“Real”dan ketishini e’lon qilgan tajribali himoyachi Serxio Ramos uchun Evropaning 3 ta grand klubi kurash olib bormoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 35 yoshli ispaniyalik futbolchini "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va PSJ klublari o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Ammo ushbu kurashda “shaharliklar” favorit sifatida e’tirof etilmoqda.
Ramos "Real"ni shartnoma muddati yakunlangani bois erkin agent sifatida tark etmoqda. U “qirollik klubi”da 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
2020/21 yilgi mavsumda Ramos jarohati sababli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Futbolchi 15ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
392   

Комментарии
(1)

  1. Sohibjon 22 июня 2021 17:37
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Ramos Manchester city ga oʻtishi kerak
Добавить комментарий
Ваше имя: *