Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Tottenxem" murabbiyligiga kutilmagan, ehtimol kutilgan nomzod

"Tottenxem" murabbiyligiga kutilmagan, ehtimol kutilgan nomzod

Автор: admin

Italiyalik murabbiy Gennaro Gattuzo "Tottenxem"ni boshqarishi mumkin.
London klubi "Roma"ning sobiq murabbiyi Paulu Fonseka bilan muzokara o‘tkazdi, tomonlar hatto og‘zaki ravishda shartnoma tafsilotlari bo‘yicha kelishib olishdi, ammo kelishuv amalga oshmadi.
Insayder Fabrisio Romano yozganidek, bu holat soliqlar sabab amalga oshmagan. Italiyada Fonseka soliq imtiyozlariga ega edi, ammo u holat Buyuk Britaniyada amalga oshmaydi. "Tottenxem" farqni to‘ldirmoqchi emas edi, shuning uchun muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi.
Endi Jennaro Gattuzo "Tottenxem"ga tayinlanishga yaqin turibdi. Italiyalik bugun "Fiorentina"ni tark etgan edi. Mazkur mutaxassis "binafsharanglilar" safida 23 kun davomida ishladi.

Bungacha "Tottenxem" Maurisio Pochettino va Antonio Konteni taklif qilmoqchi edi.
73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *