Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Belgiya Daniya ustidan irodali g'alabaga erishdi

Yevro-2020. Belgiya Daniya ustidan irodali g'alabaga erishdi

Автор: admin

Yevropa chempionatida V guruhida 2-tur bahslari yakuniga yetdi. 
Belgiya mehmonda Daniya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yusuf Poulsenning tezkor goliga ikkinchi bo‘limda Torgan Azar va Kevin de Bryuyne javob berishdi.

«Manchester Siti» havbeki tanaffusdan so‘ng o‘yinga qo‘shilib, vaziyatni o‘zgartirib yubordi. U gol urishdan tashqari assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
So‘nggi tur oldidan Belgiya ochkolarini 6taga yetkazib, deyarli pley-offga chiqdi. Rossiya va Finlyandiyada 3 ochkodan bor. Ochkosiz Daniya so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. 
Yevro-2020. 2-tur. V guruhi
Daniya — Belgiya 1:2
17 iyun, «Parken Stedium» 

Gollar: Poulsen (2) — T.Azar (52), de Bryuyne (70).
Daniya – Shmeyxel, Vestergor (Skov, 84), Kristensen, Ker, Vass (Larsen, 62), Hyoyberg, Dileyni (Yensen, 72), Damsgor (Kornelius, 72), Mele, Poulsen (Nyorgor, 62), Breytueyt. 
Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Denayer, Mene, Tilemans, Dendonker (Vitsel, 59), T.Azar, Karrasko (E.Azar, 59), Lukaku, Mertens (de Bryuyne, 46).
Ogohlantirishlar: Vass (59), Dasmgor (69), Yensen (81), T.Azar (90+4).
45   
Добавить комментарий
Ваше имя: *