Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Real" Spinazzolani 30 million evroga sotib olishi mumkin

"Real" Spinazzolani 30 million evroga sotib olishi mumkin

Автор: admin

"Qirollik" klubi Marseloga o'rinbosar tanlashga qaror qildi.

"Roma" himoyachisi Leonardo Spinazzola "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Nikolo Shiraning tvitterdagi akkauntiga ko'ra, "qaymoqranglilar" italiyalik haqida allaqachon ma'lumot so'rashgan.

Qayd etilishicha, Rim klubi futbolchini kamida 30 million evroga sotishga tayyor. Agar himoyachi Marselo jamoani tark etsa, Madrid klubi yanada faol muzokaralarni boshlashi mumkin.

O'tgan mavsumda Spinazzola A seriyada "bo'rilar" safida 27 ta o'yin o'tkazgan va u 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o'tamiz, kecha, 17 iyun kuni "Real Madrid" da 16 yillik faoliyatidan so'ng jamoa sardori Serxio Ramos tark etdi.

Sizning e'tiboringiz Ramosning "qirollik" klubi lageridagi eng yaxshi daqiqalari.
48   
Добавить комментарий
Ваше имя: *