Goal24.uz » Jahon » Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmog‘ida ham rekord qayd etdi

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmog‘ida ham rekord qayd etdi

Автор: admin

«Yuventus» va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida dunyodagi eng mashhur shaxs sanaladi.
Bugun, 18 iyun kuni portugaliyalik 36 yoshli hujumchining «Instagram»dagi obunachilari soni 300 million nafarga yetdi. Bu mutlaq rekord bo‘lib, bungacha ushbu tarmoqda hech kim bunday natijani qayd etmagan edi.  
«Instagram»da Ronaldudan keyin eng ko‘p o‘quvchi ega bo‘lgan mashhurlardan restler va aktyor Dueyn Jonson joy olgan. «Qoya»ning sahifasida 246 million obunachisi bor. 3-o‘rindan esa amerikalik xonanda Ariana Grande o‘rin olgan - 244 million obunachi.
«Barselona» sardori Lionel Messida 219 million obunachi bo‘lsa, «PSJ» forvardi Neymarda 152 million nafar o‘quvchi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu joriy yilning yanvar oyida 250 millionlik marrani zabt etgandi. Yarim yil ichida Krishtianuning obunachilari soni 50 million kishiga oshgan.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *