Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Milan" Ramos bilan aloqaga chiqdi

"Milan" Ramos bilan aloqaga chiqdi

Автор: admin

U katta maosh va katta bonus xohlamoqda.
Kecha "Real"dan ketganini e’lon qilgan himoyachi Serxio Ramos o‘ziga yangi klub izlamoqda.
Jurnalist Xosep Pedrerolning El Chiringuito telekanalidagi "Jugones" dasturida xabar berishicha, 35 yoshli ispaniyalik futbolchi “Milan” bilan aloqaga chiqqan.
Ramos yangi klubidan ikki yillik shartnoma va yiliga 15 million evro maosh talab qilmoqda. Bundan tashqari, u shartnoma imzolagani uchun 20 million evro bonus olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ramos “Real” bilan shartnoma muddati yakunlangani bois hozirda erkin agent hisoblanadi. U bo‘lajak jamoasiga tekinga borib qo‘shiladi.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *