Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Fransiya Vengriya o'ynida g'olib aniqlanmadi.

Yevro-2020. Fransiya Vengriya o'ynida g'olib aniqlanmadi.

Автор: admin

Yevro-2020 «F» guruhi 2-turi doirasida Fransiya milliy jamoasi Vengriyaga qarshi maydonga tushdi.
Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da o‘tgan bahsda mezbon sanalmish vengerlar guruh bosqichining eng kutilmagan natijalaridan birini qayd etishdi. 
Fiola birinchi bo‘lim yakunida hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Grizmann Mbappening uzatmasini golga aylantirib, jahon chempionlarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.
Natijada Fransiya 4 ochko bilan guruh peshqadami sifatida qolgan bo‘lsa, Vengriya 1 ochko bilan «o‘lim guruhi»da 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Yevro-2020. 2-tur
Vengriya – Fransiya 1:1
Gollar
: 1:0 – 45 Fiola, 1:1 – 66 Grizmann.
Vengriya – Gulachi, Fiola, Salai, Orban, Nego, Nad, Shafer (Cheri, 76), Shallai, Klyaynxaysler (Lovrenchich, 84), Botka, Salai (Nikolich, 26).
Fransiya – Loris, Varan, Kimpembe, Pavar, Din, Kante, Rabo (Dembele, 57; Lemar, 87), Pogba (Tolisso, 76), Benzema (Jiru, 76), Mbappe, Grizmann.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *