Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Germaniya Portugaliyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Yevro-2020. Germaniya Portugaliyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Автор: admin

Yevropa chempionatida F guruhida 2-tur bahslari yakuniga yetdi. 
Markaziy o‘yinda Portugaliya Myunxenda Germaniyaga mag‘lub bo‘ldi. Portugallardan Ronaldu va Jota, nemislardan Haverts hamda Gosens to‘p kiritishdi. Shuningdek, Diash va Gerreyru avtogol muallifiga aylanishdi. 
3-tur oldidan Fransiya (4) peshqadamlik qilmoqda. Germaniya va Portugaliya hisobida 3 ochkodan bor. Vengriya 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. 
Yevro-2020. F guruhi. 2-tur
Portugaliya — Germaniya 2:4

19 iyun, «Alyans Arena»
Gollar: Ronaldu (15), Jota (67) — Diash (35, avtogol), Gerreyru (39, avtogol), Haverts (51), Gosens (60).
Portugaliya – Patrisiu, Semedu, Diash, Pepe, Gerreyru, Danilu Pereyra, Vilyam Karvalyu (Rafa Silva, 58), Bernardu Silva (Sanshesh, 46), Fernandesh (Moutinyu, 64), Jota (Andre Silva, 83), Ronaldu. 
Germaniya – Noyer, Ginter, Ryudiger, Hummels (Jan, 63), Gosens (Xalstenberg, 62), Gundo‘g‘an (Zyule, 73), Kimmix, Haverts (Goretska, 73), Kroos, Myuller, Gnabri (Sane, 87).
Ogohlantirishlar: Haverts (66), Ginter (77).
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *