Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Realga "Borussiya" Dortmund futbolchisi kerak

Realga "Borussiya" Dortmund futbolchisi kerak

Автор: admin

Uni La Ligada kutishmoqda.
"Borussiya" Dortmund klubi himoyachisi Rafael Gerreyro faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli portugaliyalik futbolchiga  "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, Rafael nafaqat chap qanot himoyasida, balki yarim himoya markazida ham birdek o‘ynay oladi.
"Borussiya" rahbariyati Gerreyroning transferini 60 million evroga baholamoqda.
Rafael Gerreyro o‘tgan mavsum “Borussiya” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
60   
Добавить комментарий
Ваше имя: *