Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Joze Ramosni «Roma»da ko‘rmoqchi

Joze Ramosni «Roma»da ko‘rmoqchi

Автор: admin

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino Serxio Ramosni jamoada ko‘rishni istamoqda.
Calciomercato manbasi ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassis futbolchi bilan gaplashgan va u rimliklar safiga o‘tishiga umid qilmoqda. Futbolchining o‘zi kelajagi bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti. Xabarlargako‘ra, «Manchester Siti» ham ispaniyalik himoyachi bilan bog‘liq vaziyatni qiziqib kuzatmoqda.
Bundan avvalroq Ramos yangi jamoasida yiliga 10-12 million yevro olishni istayotgani, bundan tashqari, bonus sifatida 20 million so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga asosiy da’vogar «PSJ» klubi bo‘lib turibdi, shuningdek, «Milan» klubi bilan muzokaralar davom etmoqda.
16 iyun kuni Madrid klubi rasmiy saytida 35 yoshli futbolchi ketayotgani xabar qilingandi. 2020/21 yilgi mavsumda Ramos jarohat tufayli «qaymoranglilar» jamoasining barcha o‘yinlarida ishtirok eta olmadi, u jami 21 o‘yinda 4 gol urib, 1 golga uzatma bergan.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *