Goal24.uz » Jahon » Yevro 2020. Italiya Uels ustidan g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija ko‘rsatdi.

Yevro 2020. Italiya Uels ustidan g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija ko‘rsatdi.

Автор: admin

Yevropa chempionatida A guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 
Muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilgan Italiya Uels ustidan g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija ko‘rsatdi. Britaniyaliklar mag‘lubiyatga qaramay, 2-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l olishdi. 
Shveysariya Turkiyadan ustun kelib, ochkolar soni bo‘yicha (4) Uelsga yetib oldi. Ammo to‘plar nisbatidagi farq tufayli Petkovich jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shveysariyada umid bor — jamoa eng yaxshi 3-o‘rinlar qatorida pley-offga chiqishi mumkin. Turklar esa turnirni ochkosiz holda tark etishdi. 
Yevro-2020. A guruhi. 3-tur
Italiya — Uels 1:0

Gol: Pessina (39).
Italiya – Donnarumma (Sirigu, 89), Emerson, Bastoni, Bonuchchi (Acherbi, 46), Toloi, Pessina (Kastrovilli, 87), Jorjino (Kristante, 75), Bernardeski (Raspadori, 75), Verratti, Keza, Belotti. 
Uels – Uord, Uilyams (Devis, 86), Rodon, Roberts, Ampadu, Remzi, Allen (Lyuitt, 87), Beyl (Bruks, 86), Morrell (Mur, 60), Jeyms (Uilson, 74), Ganter.
Ogohlantirishlar: Allen (51), Pessina (79), Ganter (79).
Chetlatish: Ampadu (55).
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *