Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Shveysariya Turkiyani yirik hisobda mag'lub qildi.

Yevro-2020. Shveysariya Turkiyani yirik hisobda mag'lub qildi.

Автор: admin

Yevropa chempionatida A guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 
Shveysariya Turkiyadan ustun kelib, ochkolar soni bo‘yicha (4) Uelsga yetib oldi. Ammo to‘plar nisbatidagi farq tufayli Petkovich jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shveysariyada umid bor — jamoa eng yaxshi 3-o‘rinlar qatorida pley-offga chiqishi mumkin. Turklar esa turnirni ochkosiz holda tark etishdi. 
Shveysariya — Turkiya 3:1
Gollar: Seferovich (6), Shakiri (26, 68) — Qahvachi (62).
Shveysariya – Zommer, Akanji, Elvedi, Rodriges, Vidmer, Jaka, Froyler, Suber (Benito, 85), Shakiri (Vargas, 76), Embolo (Mehmedi, 85), Seferovich (Gavranovich, 75). 
Turkiya – Chaqir, Suyunchi, Demiral, Myuldyur, Ayxan (Yokushlu, 63), Chalxono‘g‘li (To‘kiz, 86) Under (Karaman, 80), To‘fon (Yaziji, 63), Qaxvachi (Kyokchu, 80), Chelik, Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘li (70), Chelik (75), Suyunchi (76), Jaka (78).
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *