Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Barselona" futbolchisiga APL klublari qiziqmoqda

"Barselona" futbolchisiga APL klublari qiziqmoqda

Автор: admin

Hujumkor yarim himoyachi Fransishku Trinkau yozda "Barselona"dan ketishi mumkin.
Kataloniyaliklar hali ham 21 yoshli portugaliyalik futbolchini qadrli aktiv sifatida bilishadi, ammo Serxio Aguero va Memfis Depayning kelishi hujum chizig'idagi raqobatni oshirib yuboradi va o'yinchi klubdan ketishi mumkin.
"Barselona" Trinkau bilan 21 million evro evaziga shartnoma imzolagan edi, "Braga"ga shuningdek 9 mlnga baholangan forvard Abel Ruis yo'l olgan edi.
O'tgan yili "Barsa" uni 40 mlnga sotmagandi, hozir esa Kataloniya klubi Angliya klublari qiziqishlariga sabab bo'layotgan futbolchini 30 milliondan kamiga sotmaydi.
Trinkau o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *