Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

«Barselona» Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Автор: admin

«Barselona» sardori Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi faoliyatini "ko‘k-anorranglilar" safida davom ettiradi. Tomonlar 2 yilga mo‘ljallangan shartnomani imzolashadi.

Messining yangi shartnomasidagi yillik maoshi 60 million yevroga teng bo‘ladi. Soliqlar to‘langanidan keyin ushbu summa 35 million yevroni tashkil qiladi. Bu esa Leoning shu paytgacha olib kelgan maoshidan 53 million yevroga kamdir.

Shuningdek, shartnomada mavsum-2022/2023dan keyin futbolchining "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tishi ham nazarda tutiladi. Messi u yerda ham ikki mavsumni o‘tkazadi. AQSHda ham uning yillik maoshi 35 million yevroga teng bo‘ladi.
Manba: soccernews.ru
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *