Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Evro-2020" rekordchisi "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

"Evro-2020" rekordchisi "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

Автор: admin

Uni Italiyada kutishmoqda.
Polsha chempionatida ishtirok etuvchi "Pogon" klubi yarim himoyachisi Kasper Kozlovski faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 17 yoshli polshalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus" va "Kalyari" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. Uning ayni damdagi transfer narxi 5 million evroga baholanmoqda.
Qayd etish lozimki, Kozlovski hozir Polsha terma jamoasi safida “Evro-2020”da ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, u Evropa chempionatlari tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. U 17 yosh 246 kunlik paytida qit’a chempionatida maydonga tushdi.
Polsha terma jamoasi "Evro-2020"dagi navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *