Goal24.uz » Jahon » Yevro 2020. Ukraina — Avstriyaga yutqazib qo'ydi.

Yevro 2020. Ukraina — Avstriyaga yutqazib qo'ydi.

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasidan o‘rin olgan ikki o‘yin 21-iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Buxarestda Ukraina va Avstriya terma jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol Kristof Baumgartner tomonidan kiritildi.
Niderlandiya terma jamoasi Amsterdamda Shimoliy Makedoniya ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Norasmiy mezbonlar safida Jorjinyo Veynaldum dublga erishgan bo‘lsa, Memfis Depay ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa C guruhidagi o‘yinlar yakuniga yetdi. Niderlandiya 100 foizlik natija bilan guruhdan chiqqan bo‘lsa, Avstriya ikkinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalga chiqish masalasini hal etdi.
Yevro—2020
21-iyun, dushanba

Ukraina — Avstriya 0:1

Gol: 0:1 – 21 Baumgartner.
Ukraina: Bushan, Matviyenko, Mikolenko (Besedin, 85), Karavayev, Zabarniy, Zinchenko, Shaparenko (Marlos, 68), Malinovskiy (Sigankov, 46), Sidorchuk, Yarmolenko, Yaremchuk.
Avstriya: Bahmann, Hinteregger, Dragovich, Alaba, Layner, Zabitser, Shlager, Laymer (Ilzanker, 72), Baumgartner (Shopf, 33), Grillich, Arnautovich (Kalayjich, 90).
97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *