Goal24.uz » Jahon » Yevro—2020. Niderlandiyada 100 foizlik natija.

Yevro—2020. Niderlandiyada 100 foizlik natija.

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasidan o‘rin olgan ikki o‘yin 21-iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Niderlandiya terma jamoasi Amsterdamda Shimoliy Makedoniya ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Norasmiy mezbonlar safida Jorjinyo Veynaldum dublga erishgan bo‘lsa, Memfis Depay ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa C guruhidagi o‘yinlar yakuniga yetdi. Niderlandiya 100 foizlik natija bilan guruhdan chiqqan bo‘lsa, Avstriya ikkinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalga chiqish masalasini hal etdi.
Yevro—2020
21-iyun, dushanba

Shimoliy Makedoniya — Niderlandiya 0:3

Gollar: 0:1 – 24 Depay, 0:2 – 51 Veynaldum, 0:3 – 58 Veynaldum.
Shimoliy Makedoniya: Dimitriyevski, Velkoski, Musliu, Ristovski, Alioski, Elmaz, Bardi (Stoyanovski, 78), Traykovski (Hasani, 68), Ademi (Nikolov, 79), Trichkovski (Churlinov, 56), Pandev (Kostadinov, 69).
Niderlandiya: Stekelenburg, Dumfris (Bergeys, 46), Blind, de Ligt, van Anxolt, Veynaldum, Gravenberx, de Yong (Gakpo, 79), de Vrey (Timber, 46), Depay (Vegorst, 66), Malen (Promes, 66).
Ogohlantirishlar: Ristovski (18), Musliu (48), Alioski (65), Kostadinov (84).
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *