Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ramos uchta top-klubdan taklif oldi

Ramos uchta top-klubdan taklif oldi

Автор: admin

Madridning «Real» klubini tark etishini e’lon qilgan Serxio Ramos bir qator klublar taklifini ko‘rib chiqmoqda.
As nashrining yozishicha, 35 yoshli ispaniyalik himoyachi hozirgacha «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublaridan taklif olgan. 
Qayd etilishicha, Ramos Manchester klublarining takliflari orasidan jamoaning katta tarixi jihatidan «Manchester Yunayted»ni ustun ko‘rmoqda. Shunga qaramay, futbolchi va uning oilasi Angliya Premer-ligasi emas, Fransiya klubiga o‘tishni istamoqda. Parijliklar moliyaviy jihatdan «MYU»dan yaxshiroq taklif bildirish bilan birga 2 yillik shartnoma taklif qilgan. Qolaversa, futbolchi Parijni o‘zi va oilasi uchun qulay shahar deb hisoblamoqda.
Avvalroq, Ramosni Mourino «Roma»ga taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Futbolchi 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *