Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real Madrid» qaysi transfer uchun Varanni sotmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

«Real Madrid» qaysi transfer uchun Varanni sotmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida Rafael Varanni boshqa klubga sotishga tayyor, deya xabar bermoqda As.
Manbaning yozishicha, Madrid klubi fransiyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayotgani sababli yozda Varan bo‘yicha transfer takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Unga «Manchester Yunayted» va «Milan» klubi qiziqish bildirmoqda. Klub Rafaelni yangi mavsumda ham olib qolib, 2022 yilda shartnomasi yakuniga yetgach erkin agent sifatida qo‘yib yuborishdan xavfsiramoqda. 
Qayd etilishicha, «Real» rahbariyati Rafael Varanni 60 million yevro evaziga sotib, Erling Holand yoki Kilian Mbappe transferini amalga oshirishni ko‘zlamoqda. Klub ushbu ikki yulduz hujumchidan birini yozda Madridga olib kelishni asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe «PSJ» bilan hali shartnomasini uzaytirmagan bo‘lsa, «Borussiya» Erling Holandni 120 million yevrodan kamiga sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *