Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Lill" futbolchisiga APL klubi qiziqish bildirmoqda

"Lill" futbolchisiga APL klubi qiziqish bildirmoqda

Автор: admin

The Sun xabariga ko‘ra, «Lill» yarimhimoyachisi Bubakare Sumare klubini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
22 yoshli fransuzga hozircha «Lester» da’vogarlik qilmoqda, «tulkilar» allaqachon ushbu transfer haqida futbolchining agentlari bilan kelishib olgani aytilmoqda.
Xabar qilinishicha, mumkin bo‘lgan taxminiy summa 30-35 million yevroni tashkil qiladi. Transfer shu hafta e’lon qilinishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Sumare Liga 1 doirasida 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *