Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Angliya Chexiyani bazor yengdi.

Yevro-2020. Angliya Chexiyani bazor yengdi.

Автор: admin

Yevropa chempionatida pley-offga chiqqan yana uch jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. «D» guruhida Angliya o‘z maydonida Chexiyani mag‘lub etib, guruh g‘olibi sifatida keyingi bosqichga chiqdi. Shotlandiyani 3:1 hisobida yenggan Xorvatiya ikkinchi o‘rin bilan, Chexiya esa uchinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Har ikki jamoa 4 ochko to‘pladi. Shotlandiya esa 1 ochko bilan guruhda qolib ketdi.
«D» guruhi vakillari pley-offda «F» guruhi vakillari bilan to‘qnash keladi. Bu guruh o‘yinlari ertaga o‘tkaziladi va hozirda jamoalarning barchasida imkoniyat bor.
Yevro-2020
3-y tur, «D» guruhi

Chexiya – Angliya 0:1
Gol: Sterling (12).
Chexiya: Vatslik, Soufal, Chelyustka, Kalas, Borjil, Souchek, Golesh (Vыdra, 84), Masopust (Glojek, 64), Darida (Kral, 64), Yankto (Shevchik, 46), Shik (Pekxart, 75).
Angliya: Pikford, Maguayr, Uoker, Shou, Stounz (Mingz, 79), Rays (Xenderson, 46), Fillips, Grilish (Bellingem, 68), Saka (Sancho, 84), Sterling (Reshford, 67), Keyn.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *