Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Xorvatiya – Shotlandiyani yirik hisobda yengdi.

Yevro-2020. Xorvatiya – Shotlandiyani yirik hisobda yengdi.

Автор: admin

Yevropa chempionatida pley-offga chiqqan yana uch jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. «D» guruhida Angliya o‘z maydonida Chexiyani mag‘lub etib, guruh g‘olibi sifatida keyingi bosqichga chiqdi. Shotlandiyani 3:1 hisobida yenggan Xorvatiya ikkinchi o‘rin bilan, Chexiya esa uchinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Har ikki jamoa 4 ochko to‘pladi. Shotlandiya esa 1 ochko bilan guruhda qolib ketdi.
«D» guruhi vakillari pley-offda «F» guruhi vakillari bilan to‘qnash keladi. Bu guruh o‘yinlari ertaga o‘tkaziladi va hozirda jamoalarning barchasida imkoniyat bor.

Xorvatiya – Shotlandiya 3:1
Gollar:
Vlashich (17), Modrich (62), Perishich (77) – Makgregor (42).
Xorvatiya: Livakovich, Vida, Yuranovich, Lovren, Gvardiol (Barishich, 71), Perishich (Rebich, 81), Modrich, Brozovich, Vlashich (Ivanushets, 76), Kovachich, Petkovich (Kramarich, 70).
Shotlandiya: Marshall, Robertson, Xenli (Makkenna, 33), Tirni, O’Donnell (Patterson, 84), Makgregor, Maktomini, Armstrong (Freyzer, 70), Makginn, Adams (Nisbet, 84), Dayks.
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *