Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Atletiko" ispaniyalik himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

"Atletiko" ispaniyalik himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

Автор: admin

Madridning "Atletiko" klubi "Arsenal"ning ispaniyalik himoyachisi Ektor Beleringa qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" yozgi transferlar vaqtida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqdalar. Belerin "Atletiko" tarkibida Angliyaga qaytishni istayotgan Kiran Tripperning o'rnini egallashi mumkin.
26 yoshli Belerin "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Arsenal"da 2013 yildan beri o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 35 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *