Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ronaldo nima uchun «Barselona»dan ketganini aytdi

Ronaldo nima uchun «Barselona»dan ketganini aytdi

Автор: admin

Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo 1996 yili «Barselona»ni tark etmoqchi bo‘lmagani haqida gapirib berdi.
«Mavsum oxirida yangi shartnomani imzoladim va Braziliya milliy jamoasi qarorgohiga ketdim. 5 kun o‘tgach klub men bilan xayrlashmoqchi ekanini aytdi. Qolmoqchi edim, ammo ixtiyor o‘zimda emasdi.
Agar klub meni qadrlamasa, demak qaror qabul qilish ham o‘zimga bog‘liq bo‘lmaydi. Ixtiyor o‘zimda bo‘lganimda qolar edim, ammo bunday emasdi», — deb Ronaldo so‘zlarini keltirmoqda Goal.

1996/97 mavsumida Ronaldo «Barselona» tarkibida 49ta o‘yinda maydonga tushib, 47ta gol urgan. 1997 yil yozida esa «Inter»ga 28 mln yevro evaziga sotib yuborilgan. Bu o‘sha davrda tarixdagi eng qimmat transfer bo‘lgan edi.


284   
Добавить комментарий
Ваше имя: *