Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» Ronaldu uchun «Yuve»ga ikki futbolchisini berishga tayyor

«Barsa» Ronaldu uchun «Yuve»ga ikki futbolchisini berishga tayyor

Автор: admin

«Barselona» klubi Krishtianu Ronaldu uchun «Yuventus»ga ikki nafar futbolchisini berishga tayyor, deya xabar bermoqda AS.
Manbaning yozishicha, Kataloniya klubi portugaliyalik 36 yoshli hujumchi uchun Turin klubiga Antuan Grizmann, Serxi Roberto va Filippe Koutino singari o‘yinchilardan ikki nafarini berishga tayyor.
Avvalroq, «Barsa» prezidenti Joan Laporta Messi bilan birga Ronalduni ham o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. 
Ma’lumot uchun, Krishtianuning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga yetadi. Portugaliyalik forvard yakunlangan mavsumda 29ta golga mualliflik qilib, A Seriyaning eng yaxshi to‘purariga aylangandi.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *