Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Adama Traore "Barselona"ga qaytishga tayyorligini bildirdi.

Adama Traore "Barselona"ga qaytishga tayyorligini bildirdi.

Автор: admin

U shu jamoada o‘sib-ulg‘aygan.
"Vulverxempton"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Adama Traore "Barselona"ga qaytishga tayyorligini bildirdi.
"Barselona" – mening uyim. Men u erda ulg‘aydim va 10 yil vaqtimni o‘tkazdim. Asosiy masala, men "Barselona"ga qaytgach, qanday vazifani bajarishimi aniqlab olishda", - dedi Traore RAC1 nashriga bergan intervyusida.
25 yoshli Traore "Barselona" klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Vulverxempton"da 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
U o‘tgan mavsum "Vulverxempton" safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning APL klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *