Goal24.uz » Jahon » Yevro 2020.Portugaliya — Fransiya jangovor durang.

Yevro 2020.Portugaliya — Fransiya jangovor durang.

Автор: admin

Yevropa chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi.
F guruhining so‘nggi turi dramalarga boy bo‘ldi. Ikkala o‘yinda ham jangovar durang qayd etildi.
Germaniya Myunxenda Vengriya bilan  bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. 
Portugaliya — Fransiya to‘qnashuvida esa Ronaldu va Benzema dubl qayd etishdi. 
E’tiborlisi, Krishtianu ushbu o‘yindagi gollari orqali rekordlar qayd etdi: u milliy jamoalar tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan Ali Daiyning natijasini (109 gol) takrorladi. Miroslav Klozeni ortda qoldirib, JCH va Yevrolarda eng ko‘p gol (21) urgan futbolchiga aylanib oldi.
Shu tariqa «o‘lim guruhi»dan Fransiya (5 ochko) 1-o‘rin, Germaniya (4) 2-pog‘ona, Portugaliya (4) 3-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. Vengriya 2 ochko bilan guruhda qolib ketdi.
Yevro-2020. F guruhi
3-tur. 23 iyun

Portugaliya — Fransiya 2:2
Gollar: 
Ronaldu (31 penalti, 60 penalti) — Benzema (45+2 penalti, 47). 
Portugaliya – Patrisiu, Semedu (Dalot, 79), Diash, Pepe, Gerreyru, Moutinyu (Ruben Nevesh, 73), Sanshesh (Serjiu Oliveyra, 87), Bernardu Silva (Fernandesh, 72), Danilu Pereyra (Palinya, 46), Jota, Ronaldu. 
Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Ernandes (Din, 46; Rabo, 52), Kimpembe, Pogba, Kante, Tolisso (Koman, 66), Benzema, Grizmann (Sissoko, 87), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Loris (27), Lyuka Ernandes (36), Grizmann (39), Kimpembe (83).
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *