Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Goretskining agenti futbolchi uchun yangi klub izlamoqda

Goretskining agenti futbolchi uchun yangi klub izlamoqda

Автор: admin

Germaniyalik yarim himoyachi ushbu yozda klubni tark etishi mumkin.

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska yozgi transferlar vaqtida Myunxen klubini tark etishi mumkin. Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli nemis Germaniya chempionlarining yangi shartnoma borasidagi taklifidan qoniqmagan.

Amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan, shuning uchun "Bavariya" erkin agent maqomiga ega bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun uni shu yozda sotmoqchi.

Qayd etilishicha, futbolchi allaqachon o'z agentidan yangi jamoa qidirishni so'ragan.

So'nggi kampaniyada Goretzka 32ta uchrashuv o'tkazib, unda 8ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *