Goal24.uz » Jahon » Musiala Germaniya terma jamoasida rekord o‘rnatdi

Musiala Germaniya terma jamoasida rekord o‘rnatdi

Автор: admin

U mart oyida debyut qilgan edi.
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Jamal Musiala Germaniya terma jamoasi safida rekord o‘rnatdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, Jamal “Evro-2020” guruh bosqichining so‘nggi turida Vengriyaga (2:2) qarshi o‘yinda ishtirok etdi. U shu kuni 18 yosh 117 kunlik edi.
Shu tariqa Musiala "Bundestim" safida Jahon chempionati yoki Evropa chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Jamal Musiala Germaniya terma jamoasida shu yilning mart oyida debyut qilgan.
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *