Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Barsa" darvozaboni uchun A Seriyaning 3 ta klubi kurash boshladi

"Barsa" darvozaboni uchun A Seriyaning 3 ta klubi kurash boshladi

Автор: admin

U yana Italiyaga qaytishi mumkin.
Diario Sport nashrining yozishicha, "Barselona" darvozaboni Neto faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli posbonga "Milan", "Inter" va "Roma" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. Netoning agenti ushbu klublar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Milanga kelgan.
“Roma” Netoni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Qolgan ikki klub uni to‘liq sotib olmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Neto uchun A Seriya beoga emas. U faoliyati davomida "Yuventus" va "Fiorentina" klublarida o‘ynagan.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *