Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lovren: «Liverpul» haqida ham xuddi «Barselona» kabi gapirishlarini xohlayman»

Lovren: «Liverpul» haqida ham xuddi «Barselona» kabi gapirishlarini xohlayman»

Автор: admin

Angliyaning “Liverpul” klubi himoyachisi Deyan Lovren jamoa bilan birgalikda yaqin vaqtlar ichida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.
«Men bu klubga aynan Yurgen Klopp boshqaruvni qo‘lga olgan paytda kelgan edim. Jamoa bir yildayoq qayta qurilmadi. Biz o‘z o‘ynimizni yo‘lga qo‘yib olish uchun ikki yoki uch mavsum ishladik.
«Liverpul» joriy mavsumda barcha frontda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Biz o‘tgan mavsumda ham Premyer-liga g‘olibligini qo‘lga kiritishga yaqin kelgan edik. Hozir bizda o‘zaro tushunish bilan hamma narsa yaxshilandi. Biz haqimizda ham qisqa vaqt ichida 20ga yaqin soqrinlarni qo‘lga kiritgan “Barselona”dek gapirishlarini xohlayman.
Ishonamanki, jamoamiz oldimizdagi turgan vazifalarni bajaradi. Umid qilamanki, «Liverpul»ning g‘alabalari haqida uzoq yillar mobaynida gapirib yurishadi», — dedi Deyan Lovren.

99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *