Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Golovinni tarbiyalagan futbol maktabi Aleksandr transferidan bir rubl ham olmabdi. Sababi esa juda g'alati

Golovinni tarbiyalagan futbol maktabi Aleksandr transferidan bir rubl ham olmabdi. Sababi esa juda g'alati

Автор: admin

9 fevral kuni Sport Connect konfereciyasida "Monako" sobiq prezidenti Vadim Vasilevdan bu haqida so'rashmaganida hech kim amalga oshmagan to'lov haqida bilmagan bo'lardi. Ammo bu safar emas.

Vasilevning aytishicha, "Monako" barcha to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshiradi
Konfereciyada futbol menejeri Ilya SHteblov Vasilevdan "Golovinni tarbiyalagan Kaltandagi futbol maktabi o'z pulini oldimi?" deya savol berdi. Sobiq prezident bundan bexabarligini aytib, barchasini aniqlashga vada berdi. "Monako" doimo barcha to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirgan, xatto futbol maktablarinikini ham. Bu savolga borasida albatta malumot olaman".

"Monako" BO'SM (bolalar va o'smirlar sport maktabi)ga xabar yuborgan, ammo u erdagilar buni hazil deb o'ylashgan
"Monako" departamenti huquqshunosi 2018 yilning 21 avgustida (Golovin transferi iyulda amalga oshgan, Vasilev esa klubni 2019 yilning fevralida tark etgan) "Osinniki" BO'SMga xabar yuborib, Aleksandr uchun to'lovni amalga oshirish maqsadida hisob raqamni taqdim etishni so'ragan.

Xabar maktabga etib kelgan, ammo ular franciyaliklarga javob qaytarishmagan ekan. Sabab juda g'alati. "Gap juda katta pullar haqida ketayotgan edi, Golovinga esa buncha pul sarflamaganmiz. Xabarda yozilgan pulni so'rash juda noqulay bo'ldi. Avvaliga bu hazil deb o'ylabman" - deydi "Osinniki" BO'SM direktori Galina Rudolf.

Aslida maktabga transferning 1,01%, yani 303 ming evro o'tkazilishi kerak edi. Foiz reglamengta asosan hisoblanadi: 10 yoshdan 15 yoshgacha - 0,25%dan, 16dan 23 yoshgacha - 0,5%dan. Futbolchining so'nggi klubiga bu turdagi mablag' to'lanmaydi.

Katlandagi maktab maxsus to'lovdan quruq qolishi mumkin
To'lovlar futbolchi pasportidagi malumotlar asosida amalga oshiriladi: O'sha guvoxnomaga o'yinchining 10 yoshdan keyin o'qigan maktab va akademiyalari yoziladi. Avvallari bu hujjat 12 yoshdan berilgan, shu sababli Golovin pasportida Katlandagi maktab yo'q, faqat "Osinniki" futbol maktabi mavjud.

Pullar qanday taqsimlanishi - katta muammo
"Golovin tahsil olgan barcha futbol maktablari haqida malumot olishimiz lozim. FIFA qoidalariga ko'ra, Kaltandagi maktab futbolchining pasportida yo'q. Ushbu talim maskani futbol subektimi, yo'qmi, buni ham aniqlashtirish lozim. RFI maslahatlashuvidan so'ng, bu pullar Golovin o'sgan maskandagi futbol infratuzilmasini rivojlantirish uchun sarflanishi mumkin. Aleksandrni tarbiyalagan murabbiylarga ham to'lov amalga oshirish ehtimoli ham bor" - deydi RFI bosh kotibi o'rinbosari Denis Rogachev.
147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *