Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Shomurodov uchun kurashda «Yuventus»ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

Shomurodov uchun kurashda «Yuventus»ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

Автор: admin

«Jenoa» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Shomurodov yangi mavsumni Italiya A Seriyasi grandi safida boshlashi mumkin.

«Tuttojuve» saytining yozishicha, o‘zbekistonlik 26 yoshli forvardga faqatgina Turinning «Yuventus» klubi emas, A Seriyaning amaldagi chempioni «Inter» ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, «Inter» transfer kurashida «Yuve»dan ustun kelish uchun «Jenoa»ga Eldor uchun transfer mablag‘idan tashqari, genuyaliklar qiziqayotgan «Inter» yosh hujumchisi Sebastyano Espositoni ham qo‘shib berishga tayyor. 2019 yilda «Inter» safida Chempionlar ligasida «Ayntraxt»ga qarshi bahsda debyutini o‘tkazgan Italiya yoshlar jamoasining 19 yoshli forvardi o‘tgan mavsumni «Venetsiya» safida ijarada o‘tkazdi va yozda yana Milanga qaytadi. «Inter» Espositoni Shomurodov bilan kelishuvga qo‘shmoqchi.
«Shu tariqa «Inter» va «Yuve» jamoaning 4-hujumchisi sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan Shomurodov uchun transfer kurashini olib borishi kutilmoqda», - deyiladi manbada.
 
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov A Seriyadagi dastlabki mavsumda «Jenoa» safida 8ta gol muallifiga aylanib, turnir jadvalini 42 ochko bilan 11-o‘rinda yakunladi. «Inter» 91 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Yuventus» 78 ochko bilan 4-o‘rindan joy oldi.
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *