Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda 154 nafar futbolchi ishsiz qoldi

APLda 154 nafar futbolchi ishsiz qoldi

Автор: admin

Ular orasida mashhurlar ham bor...
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga qaraganda, Angliya premer-ligasida 154 nafar futbolchining shartnomasi yakunlanib, ular erkin agentga aylanadi.
Bu futbolchilarning aksariyati futbol muxlislariga yaxshi tanish emas.
Angliyaning etakchi klublarida esa quyidagicha vaziyat yuzaga kelmoqda. Unga ko‘ra, “Manchester Siti”da uchta, “Chelsi”da ettita va “Liverpul”da to‘rtta futbolchi shartnomamiz qoldi.
O‘z o‘rnida, Transfermarkt mutaxassislari Angliya premer-ligasida eng qimmat tarkibga “Manchester Siti” ega ekanini qayd etigan. Gvardiola qo‘l ostidagi futbolchilarning umumiy transfer summasi 1,11 milliard evroni tashkil qilmoqda.
Keyingi o‘rinlardagi “Chelsi”da 955,5 va “Liverpul”da 924 million evrolik tarkib bor.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *