Goal24.uz » Transfer » Messi qaysi chempionatga yo'l olishi aniq.

Messi qaysi chempionatga yo'l olishi aniq.

Автор: admin

Shartnoma shartlari juda ham antiqa.
O‘zini dunyoning eng yomon futbol klubi deb e’lon qilgan Braziliyaning “Ibis” jamoasi argentinalik hujumchi Lionel Messiga shartnoma taklif qilmoqda.
Bitim shartlari quyidagicha: 15 yillik shartnoma, bu uning qayd etadigan ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Shartnomada aytilishicha, Messi ko‘p gol urishi va jamoani chempionlikka olib borishi taqiqlanadi. Shuningdek, Lionel ko‘zgu oldida Pele Maradonadan yaxshiroq deb uch marta qasam ichishi kerak.
Aytish joizki, “Ibis” o‘tgan asrning saksoninchi yillarida 3 yil 11 oylik g‘alabasiz seriyadan so‘ng Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan. Hozirda ushbu jamoa  Braziliyaning quyi divizionlaridan birida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Lionel Messining  "Barselona" bilan shartnoma muddati yakunlandi va u hozirda erkin agent hisoblanadi.
1 068   

Комментарии
(1)

  1. bek 7 июля 2021 07:12
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂😂
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Transfermarket transfer olami transfer narxi tushib ketgan futbolchilar transfer bozori
futbol, Transfer transfer 2022 transfer olamidagi yangliklar