Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Milan» Chexiyalik forvardi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Milan» Chexiyalik forvardi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Автор: admin

«Milan» klubi Chexiya milliy jamoasi forvardi Patrik Shikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda TMW.
Manbaning yozishicha, Italiya klubi Shik transferi masalasida «Bayer» bilan muzokaraga kirishgan. Nemis klubi 25 yoshli hujumchi uchun 40 million yevro so‘ramoqda.
Shik hozirgacha A Seriyaning ikki klubi – «Sampdoriya» va «Roma» safida to‘p surishga ulgurgandi.
Ma’lumot uchun, chexiyalik o‘yinchi Yevro-2020da 4ta golga mualliflik qilib, eng yaxshi to‘purarlar orasida Ronaldudan (5ta gol) keyingi 2-o‘rinda bormoqda. Chexiya chorakfinalda Daniyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 3 iyul kuni Bokuda o‘tkaziladi.
45   
Добавить комментарий
Ваше имя: *