Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Maurisio Pochettino PSJni tark etadigan futbolchilarni tanladi

Maurisio Pochettino PSJni tark etadigan futbolchilarni tanladi

Автор: admin

Qoidalar shuni talab etmoqda
PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida bir necha futbolchini sotib yuborishga majbur bo‘lmoqda. Bu transferlardan klubga 200 million evro kelishi kutilmoqda.
Agar bu ish amalga oshirilmasa, Maurisio Pochettino o‘zi istagan futbolchilarni klubga olib kela olmaydi. Moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun bir qator o‘yinchilardan voz kechish lozim.  
Pochettino kelasi mavsumda Pablo Sarabiya, Ander Errera, Leandro Paredes, Idrissa Geye, Tilo Kerer, Abdu Diallo va Leyvin Kurzavaga tarkibdan joy bermoqchi emas va ular tez orada o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.
PSJ hozircha, Jorjino Veynaldumni erkin agent sifatida qo‘lga kiritdi. Endi Serxio Ramos va Janluiji Donnarummaga ko‘z tikmoqda. Parijliklar “Inter” himoyachisi Ashraf Hakimi transferi uchun 70 million evro ajratishga rozilik bergan.
125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *