Goal24.uz » O'zbekiston » Vadim Abramov O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga 21 nafar futbolchini chaqirdi

Vadim Abramov O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga 21 nafar futbolchini chaqirdi

Автор: admin


Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi «D» guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2020 yilda saralash doirasida 3 ta juda muhim o‘yin o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
 Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi. Ushbu o‘yinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24 fevral kunlari BAAda yig‘in o‘tkazadi.
Bosh jamoamiz 18 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi. Mazkur yig‘in doirasida Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. Uchrashuv 23 fevral kuni Sharjadagi «Al-Hamriya» stadionida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.



7     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *