Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Yovich "Real" da qolishni istamoqda

Yovich "Real" da qolishni istamoqda

Автор: admin

Serbiyalik hujumchi o'z qadr-qimmatini isbotlamoqchi.

Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich jamoani tark etishni istamayapti va o'z qadr-qimmatini isbotlashga tayyor, deya xabar bermoqda Goal nashri.

Serbiyalik hujumchi hech qachon Zinedin Zidan qo'l ostida jamoada o'z o'rnini topa olmadi, raqobatni Karim Benzemaga yutqazdi.

Luka Yovich, 2019 yilda "Real" ga o'tganidan so'ng, jamoa tarkibida 32ta o'yin o'tkazib, unda ikkita gol va ikkita golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, "Real" Luka Yovichni "Ayntraxt" hujumchisi Andre Silvaga almashtirmoqchi edi, ammo u allaqachon "Leyptsig" ga o'tgan edi.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *