Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Manuel Lokatelli faoliyatini "Yuventus" da davom ettirishga qaror qildi

Manuel Lokatelli faoliyatini "Yuventus" da davom ettirishga qaror qildi

Автор: admin

Yarim himoyachi kelajak haqida qaror qildi.

Italiya yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Sassuolo" ni tark etib, "Yuventus" ga o'tmoqchi. Ushbu ma'lumotlarni jurnalist Nikolo Shira baham ko'rmoqda.

Lokatelli "Byankoneri" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini oldindan kelishib olgan. Futbolchi "Yuve" da 2026 yil o'rtalariga qadar o'ynashga rozi bo'ldi.

Endi turinlik klub Sassuolo bosslari bilan Lokatelli uchun tovon puli to'g'risida kelishib olishi kerak. Neovedri o'z futbolchisini sotishdan 40 million evro ishlab olmoqchi. "Yuventus" narxni tushirishga harakat qilmoqda.
46   
Добавить комментарий
Ваше имя: *