Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Roma" Tellesni jarohat olgan Spinazzolaning o'rniga ijaraga olmoqchi

"Roma" Tellesni jarohat olgan Spinazzolaning o'rniga ijaraga olmoqchi

Автор: admin

"Qizil iblislar" futbolchini ijaraga berishni istamayapti.

"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles Italiya A seriyasiga o'tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.

Manbaning xabariga ko'ra, "Roma" 28 yoshli braziliyalikning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, u jarohat olgan Leonardo Spinazzola o'rniga o'rinbosar izlashni davom ettirmoqda. Italiyalik futbolchi Evro-2020 chorak finalida olgan jarohati tufayli olti oyga safdan chiqdi.

Shuningdek, "qizil iblislar" rahbariyati futbolchini ijaraga berib yubormoqchi emasligi ta'kidlangan. Shunga qaramay, italiyaliklar inglizlar bilan muzokara olib borishga urinmoqdalar.

O'tgan mavsumda Telles 27ta o'yin o'tkazib, unda ikkita gol urdi va oltita golli pas berdi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
42   
Добавить комментарий
Ваше имя: *