Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» uch futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

«Manchester Siti» uch futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

Автор: admin


The Athletic nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Angliyaning «Manchester Siti» klubi yozda uch nafar futbolchisini sotmoqchi. Gap Gabriel Jezus, Nikolas Otamendi va Bendjamen Mendilar haqida ketmoqda.
Klub rahbariyati bu uch futbolchining o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti, shu bois, rahbariyat bu uch futbolchiga yozgacha o‘zlariga yangi jamoa topishlari haqida ogohlantirish berdi.
Qayd etilishicha, bu uch nafar futbolchining transferidan tushadigan mablag‘ hujumchi va markaziy himoyachi sotib olish uchun sarf qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» «Lester» futbolchisi Chaglar Seyundjyuga qiziqish bildirishmoqda.

15     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *