Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Lapadulaga A seriyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda

Lapadulaga A seriyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda

Автор: admin

Italiyalik hujumchi jamoasining quyi ligaga tushib ketganiga qaramay A seriyada qolishi mumkin.

"Benevento" hujumchisi Janluka Lapadula birdaniga A seriyaning bir nechta klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.Jurnalist Nikolo Shira o'zining twitterida.

Manbaning xabariga ko'ra, Kalyari, Verona va Torino 31 yoshli tajribali perulik xizmatiga qiziqishmoqda. Ushbu qiziqish hujumchining Amerika kubogidagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng paydo bo'ldi.

Amerika kubogining ettita uchrashuvida Lapadula to'rtta gol urdi va Lionel Messi va Luis Dias bilan birinchi o'ringa tenglashdi. Uning hisobida bitta golli pas bor. Bularning barchasi Peru terma jamoasining musobaqaning yarim finaliga chiqishiga yordam berdi.

O'tgan mavsumda Lapadula A Seriyada 37 uchrashuv o'tkazdi, u sakkizta gol urdi va beshta golli pas berdi, ammo bu Beneventoga elita divizionidagi o'rnini saqlab qolishga yordam bermadi.
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *