Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «PSJ» va «Chelsi» «MYU» darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

«PSJ» va «Chelsi» «MYU» darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

Автор: admin


«Manchester Yunayted»ga tegishli bo‘lgan «Sheffild Yunayted» posboni Din Henderson bir qator grand klublar e’tiboriga tushgan, deya xabar bermoqda Goal nashri.
Manbaning yozishicha, «Sheffild Yunayted» safida Premer-ligada muvaffaqiyatli o‘yin namoyish etayotgan 22 yoshli angliyalik posbonga Fransiyaning «PSJ» va Londonning «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard klub rahbariyatidan Kepa Arissabalaga o‘rniga aynan Din Hendersonni jamoaga taklif etishni so‘ragan.
«Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi sanalmish Hendersonning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyun oyiga qadar davom etadi. Manchesterliklar David De Xeaga ishonch bildirayotgani bois, Din so‘nggi mavsumlarni ijara asosida «Sheffild Yunayted» safida o‘tkazmoqda va Angliya milliy jamoasidan chaqiruv oldi. 
Ma’lumot uchun, Henderson joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 25 o‘yinda maydonga tushib, eng kam gol o‘tkazib yuborish borasida 2-o‘rinni egallab turibdi. U mavsum davomida jami 24ta gol o‘tkazib yubordi. Bu borada eng yaxshi natija «Liverpul»da – 25 o‘yinda 15ta gol o‘tkazib yuborilgan.


7     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *